24−26 avgust kunlari Samarqandda «Silk road bazaar» milliy festivali bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan ilk bor o‘tkazilayotgan festivalga 3 mingdan ortiq xorijlik sayyoh taklif etilgan. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

Qadim Sharq bozorlari an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan festivalda Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrining 80 dan ziyod hunarmandlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Tadbir ishtirokchilari savdo yarmarkasini tomosha qilib, mahsulot xarid qilish bilan birga bu yerda namoyish etiladigan folklor etnografik jamoalar va badiiy jamoalarning chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalardan ham bahramand bo‘ladi.