Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari iyul oyida iyunga nisbatan 2 foizga qimmatlashib, kvadrat metri uchun 610 dan 620 sh. b. ga oshdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga taqdim etgan hisobotida so‘z boradi.

Oy yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartiralar narxi 2 foizga o‘sib, 658 sh. b. ga yetgan bo‘lsa, panel turdagilari narxi 1 foizga oshib, 593 sh. b. ga yetdi.

Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 623 sh. b. (+1 foiz), ikki xonali — 609 (+2 foiz), uch xonali — 622 (+2 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 632 (o‘zgarishsiz).

Ma’lumot uchun: Narxlar faqatgina axborot maqsadlari uchun mo‘ljallangan. Narxlar dom.vsem.uz va uybor.uz internet manbalari tomonidan taqdim etilgan. Taklif etilayotgan qiymatlar barcha ma’lumotlar bazasidan tanlab olingan sotuvchilar bilan o‘tkazilgan muzokaralar asosida ishlab chiqilgan.