Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi tomonidan 2018−2022 yillarda O‘zbekiston farmatsevtika sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Prezidentning «2018−2022 yillarda O‘zbekiston farmatsevtika sohasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda quyidagilar tibbiy amaliyotda qo‘llanishiga ruxsat berilgan:

  • xorijda ishlab chiqarilgan 6 218 ta dori vositalarining savdo nomlari;
  • O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 2 462 ta dori vositalarining savdo nomlari;
  • 1 586 ta nomdagi, sh. j. o‘zimizda ishlab chiqarilgan 228 ta nomdagi tibbiyot buyumlari.

Konsepsiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir:

  • aholi va sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarining ADVRga kiritilgan mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish;
  • korxona va tashkilotlar dori vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga doir xalqaro talablarga uyg‘unlashtirilgan standartlar talablariga muvofiqligini ta’minlash orqali mahalliy farmatsevtika sohasini rivojlantirish;
  • GCP va GLP xalqaro standartlariga muvofiq klinikaoldi va klinik tadqiqotlar o‘tkazuvchi davlat markazlari, shuningdek laboratoriyalarni tashkil etish;
  • ichki bozorni insofsiz raqobatdan himoya qilish hamda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning bozorga chiqish sharoitlarini tenglashtirish;
  • farmatsevtika sohasini texnologik jihatdan qayta qurollantirish;
  • import o‘rnini bosuvchi dori vositalarini ishlab chiqarish o‘zlashtirilishini rag‘batlantirish;
  • xalqaro farmakopeyalar bilan uyg‘unlashtirilgan O‘zbekiston Davlat farmakopeyasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish va ishlab chiqarish uchun mutaxassislarni tayyorlash.


Konsepsiya loyihasida mahalliy farmatsevtikani rivojlantirish faoliyatining 5 ta asosiy yo‘nalishi ajratib ko‘rsatilgan.


T/r

Yo‘nalish

Vazifalar va ularga erishish choralari



1



Farmatsevtik ta’lim

farmatsevtika sohasidagi kadrlarni pog‘onama-pog‘ona tayyorlashni bosqichma-bosqich joriy etish

o‘zaro boyitish maqsadida talabalar, o‘qituvchilar va boshqa xodimlarning mobilligini kengaytirish

diplom olgandan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish

ta’lim muassasalarining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash

mutaxassislar va talabalarning farmatsevtika sanoati rivojlangan mamlakatlarda o‘qishini tashkil etish (kamida bir akademik yil)






2






Farmatsevtika fani

dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqishga doir ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish

dori vositalari va tibbiyot buyumlarining klinikaoldi sinovdan o‘tkazish materiallarini standartlashtirish, normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash, sanoat reglamentlarini ekspertiza qilish, baholash markazini tashkil etish

GCP va GLP xalqaro standartlariga muvofiq klinikaoldi va klinik tadqiqotlar o‘tkaziladigan davlat markazini tashkil etish

dori vositalari va tibbiyot buyumlari mahalliy ishlanmalarini o‘rta muddatli istiqbolda ishlab chiqarishga joriy etish

sog‘liqni saqlash tizimi davolash-profilaktika muassasalari tibbiy amaliyotida ustuvor, sh. j. noyob mahalliy dori vositalari qo‘llanilishini joriy etish







3







Dori vositalarini ishlab chiqarish*

import o‘rnini bosish uchun ustuvor bo‘lgan, natura va pul ifodasidagi importi katta ulushni tashkil etadigan jeneriklar ro‘yxatini belgilash

import qilinadigan substansiyalar, yordamchi moddalar, birlamchi o‘rab-joylash materiallari va ularni ishlab chiqarish uchun xom ashyoga bojxona tariflarini (bojxona boji, aksiz, QQS) nol darajali stavkagacha pasaytirish masalasini ko‘rib chiqish

amaldagi ishlab chiqarishlarni jadal sur’atda modernizatsiyalash uchun quyidagilarga bojxona tariflarini nol darajali stavkagacha pasaytirish masalasini ko‘rib chiqish nazarda tutilmoqda:

  • dorivor moddalar (substansiyalar), dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari;
  • texnologik va laboratoriya asbob-uskunalari uchun ehtiyot qismlar;
  • farmatsevtika ishlab chiqarishini tashkil etish uchun qurilish konstruksiyalari (toza xonalar uchun), materiallar va asbob-uskunalar, farmatsevtika ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan konditsionerlash va ventilyatsiya tizimlari

yangi farmatsevtika ishlab chiqarishiga egalik qilish huquqi olingan paytdan e’tiboran 3 yilga yer solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha preferensiyalar berish imkonini ko‘rib chiqish







4







Dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini ta’minlash


GxP (GLP, GCP, GMP, GDP, GPP) talablarini joriy etish orqali dori vositalari oboroti butun siklining sifatini boshqarish tizimini yaratish

ishlab chiqarish korxonalari xodimlariga doimiy ravishda maslahat va ta’lim berish maqsadida kadrlar — GMP inspektorlarini tayyorlash davlat tizimini yaratish

GxP (GLP, GCP, GMP, GDP, GPP) qoidalarini joriy etish bo‘yicha rasmiy uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va nashr etish, ishlab chiqaruvchilar uchun talablar talqinini tushuntirgan va amaliy misollar keltirgan holda DUK negizida ularni joriy etish bo‘yicha malaka oshirishga yo‘naltirilgan kurslar, maslahatlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish

Fanlar akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti negizida GLP xalqaro standartiga muvofiq keladigan laboratoriya tashkil etish

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari va boshqa davlat davolash-profilaktika muassasalarida GCP xalqaro standartini joriy etish hamda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari tan olinishi uchun mazkur markazlarni tegishli xalqaro tashkilotlarda sertifikatlashtirish





5





Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish


ulgurji va chakana tashkilotlar davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlarining belgilangan tartibiga rioya etishini tizimli nazorat qilish

sifatsiz yoxud qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari oborotiga qarshi kurashish ishini kuchaytirish

farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning IFUT kodini tadbirkorlik sub’ekti kodidan sog‘liqni saqlash tashkilotlari kodiga o‘zgartirish

GDP va GPP standartlarini joriy etish asosida dorixona tarmog‘ini, mulkchilikning barcha shaklidagi chakana va ulgurji korxonalar va tashkilotlarni tashkil etish va rivojlantirish

O‘zRTXB va davlat xaridlari portali orqali tuziladigan bitimlar uchun vositachilik haqi sezilarli darajada pasaytirilishini qayta ko‘rib chiqish

mahalliy ishlab chiqaruvchilarni va farmatsevtika sohasidagi ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini televideniyeda reklama qilish uchun pasaytirilgan tariflarni joriy etish

* Respublikada 152 ta farmatsevtika korxonasi dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaradi.


O‘zbekiston hududiy-geografik joylashuvi xususiyatiga ko‘ra quyidagilarni ishlab chiqarish uchun istiqbolli baza hisoblanadi:

  • o‘simlik xom ashyosidan substansiyalar va tayyor dori preparatlari;
  • noorganik va mineral xom ashyodan substansiyalar va dori vositalari;
  • radiofarmpreparatlar;
  • tibbiyot buyumlari.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar Asosiy dori vositalari ro‘yxatiga (ADVR) kiruvchi dori vositalari iste’moli hajmining 27 foizini ta’minlamoqdalar.


In’eksiya va infuzion shakldagi talabgir preparatlarning ayrim turlari bo‘yicha 80 foizdan ortiq import o‘rnini bosishga erishilgan.


Konsepsiya samarali amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida quyidagilar ham rejalashtirilmoqda:

  • ijroiya hokimiyati organlari, Bosh prokuratura, Oliy Majlis va jamoatchilik, Farmatsevtika sanoati korxonalari uyushmasi vakillaridan tashkil topgan Konsepsiya amalga oshirilishini monitoring qiluvchi Prezident huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish;
  • Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga Konsepsiyani amalga oshirish amaliy dastagi sifatida 2022 yilgacha Farmatsevtika sohasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish vazifasini topshirish, uning doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning batafsil bayoni, shu jumladan amalga oshirish muddatlari, samaradorlik indikatorlari va ularning ko‘rsatkichlari, moliyaviy-iqtisodiy asoslanma, moliyalashtirish manbalari, asosiy ijrochilar va yordamchi ijrochilar, zarur qonunchilik va normativ huquqiy hujjatlar ro‘yxati nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.