Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan Murodjon Ahmadaliyev bugun AQSHda o‘zining to‘rtinchi jangini o‘tkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Bokschi ushbu bellashuvda chililik Ramon Kontrerasga qarshi jang qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundidayoq Murodjon raqibini nokautga uchratdi va jangni o‘z foydasiga hal qildi.

Ushbu g‘alaba orqali Murodjon Ahmadaliyev WBA InterContinental kamari sohibiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda prof ringda to‘rtta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. Janglarining ikkitasida esa u raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan.