21 avgust kuni taxminan soat 10:05larda Moskva viloyati Kotelniki shaharchasi Sosnovaya ko‘chasi 2-bo‘lim 4-qurilish shaharchasida «Boez-Konrtakshn» firmasiga qarashli qurilishda ishlovchi jami 26 nafar O‘zbekiston ovqatdan zaharlandi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Rossiya Federatsiyasi FVVning Milliy Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi (NSUKS) xabariga tayanib ma’lum qildi.

Ovqatdan zaharlangan O‘zbekiston fuqarolari Kotelniki shahar kasalxonasining tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limiga ovqatdan zaharlanish ya’ni «Gastroenterit» tashxisi bilan yotqizilgan.

Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ular 18 avgust kuni turli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgan va sog‘ligi yomonlashib, uy sharoitida o‘zlarini davolashga uringan. Urinishlar samara bermagach, tez tibbiy yordam bo‘limiga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga yetib kelgan hamda 24 nafar jabrlanuvchini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ularning 23 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 2 nafari davolanishdan bosh tortgan va 1 nafari tibbiy yordam yetib kelguniga qadar vafot etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlarga «gastroenterit» tashxisi qo‘yilgan.

Lyuberetskaya shaxaridagi 1-sonli kasalxonaga yotqizilganlar:

1. Matanov Modat Rimbayevich;

2. Kozokboyev Usmon Begamovich;

3. Narboyev Sharafbek Mumikovich;

4. Talimov Husan Shoniyezovich;

5. Muxtorov Anji Yusupovich;

6. Muyudov Ulug‘bek;

7. Zaynetdinov Xoshimjon Abdullajon o‘g‘li;

8. Eshquvvatov Sobirjon Shobirjonovich.

Lyuberetskaya shahridagi 2-sonli kasalxonaga yotqizilganlar:

1. Xoldarov Doniyeor Mamarasulovich;

2.Tursunov Kuvonch Zafarovich;

3. Kamalov Samaridin Tolxinovich;

4. Xudoyqulov Anvar Ruzmamatovich;

5. Qudratov Zarif Nabiyevich.

Ramenskaya markaziy kasalxonasiga yotqizilganlar:

1. Tayumov Ebabek Abdurazoqovich;

2. Tagayev Lochin Gulmuradovich;

3. Babadjanov Artur Raximbakovich;

4. Abdullayev Muxtor Sobirovich;

5. Davlatov Izzatbek Xudoyberganovich;

6. Axmedov Maqsadbek Radjabovich.

Jukovskaya shaxar kasalxonasiga yotqzilganlar:

1. Chuxoyev Abduxalim Abduraxmonovich;

2. Rasulov Otabek Normeygaliyevich;

3. Ermakov Xursand Soatbekovich;

4. Torshiyev G‘ayrat Xurramovich.

Hozirgi vaqtda 23 nafar fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda va ularning ahvoli yaxshilanmoqda.

Kasalxonaga yotishdan bosh tortganlar:

1. Obidov Suxrob Zuhratdinovich;

2. Tarimov Akbar Egamberdiyevich.

Vafot etgan fuqaro:

Eshmetov Odilbek Otanazarovich (1985 y. t.) Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Hozirda Moskva viloyati morgida saqlanmoqda.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi marhumni O‘zbekistonga olib kelish uchun tegishli choralarni ko‘rmoqda.