Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida 21 avgust kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi Q.R. o‘zining boshqaruvidagi «Kobalt» rusumli avtomashinasini «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Qo‘ng‘irot-Beyneu» yo‘lining 481-kilometrida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.M. boshqaruvidagi «MAZ-5334» rusumli avtokranning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada «Kobalt» avtomashinasi yo‘lovchilari, haydovchining onasi N.R. va uning ayol qarindoshi G. D.lar jarohat olib voqea joyida halok bo‘lganlar, shuningdek qolgan yo‘lovchilar U.Q. va M.K. ismli ayollar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 22 avgust kuni soat 00:30 larda yo‘lovchilardan biri U.Q. kasalxonada vafot etgan.