2018 yil 21 avgust kuni soat 10:30 larda Yangiyo‘l tumani, O‘zbekiston mahallasida ijarada oilasi bilan birga yashab kelayotgan O.Mamarajabov shar’iy turmush o‘rtog‘i Ch.ni rashk qilgan holda ishlashiga qarshilik qilib, yuzaga kelgan o‘zaro janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan uni tanasining orqa qismiga 3 marotaba urib, qasddan o‘ldirgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Jinoyatga qo‘l urgan O.Mamarajabov 1983 yyilda tug‘ilgan, ijarada yashagan xonadonda mol boquvchi sifatida ishlagan, muqaddam sudlanmagan. Uning turmush o‘rtog‘i Ch. 1985 yilda tug‘ilgan, tumandagi «Kon» kafesida ishchi bo‘lgan.

Shu kuni O.Mamarajabov qo‘lga olinib, unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan edi.