22 avgust kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig‘inga kirishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Argentinalik mutaxassis mazkur yig‘inga milliy chempionat va xorijda to‘p surayotgan 30 nafar futbolchini taklif qildi.

Yig‘in davomida Kuper va uning yordamchilari terma jamoaga nomzod bo‘lgan futbolchilar bilan yaqindan tanishib, ularning jismoniy va funksional holatlariga baho berish imkoniga ega bo‘lishadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Toshkentda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Futbolchilar 6 sentyabr kuni Suriya terma jamoasiga qarshi, 11 sentyabrda esa Eronga qarshi maydonga tushishadi.

Toshkentdagi yig‘inga jalb qilingan futbolchilar:

Darvozabonlar: Suyunov Eldorbek («Paxtakor»), Zuhurov Murodjon («Bunyodkor»), Quvvatov Sanjar («Nasaf»), Nesterov Ignatiy («Lokomotiv»).

Himoyachilar: Denisov Vitaliy («Krilya Sovetov», Rossiya), Shixov San’at («Buxoro»), Xolmuhamedov Murod («Qo‘qon-1912»), Ismoilov Anzur («Lokomotiv»), To‘xtaxo‘jayev Islom («Lokomotiv»), Gadoyev Shohrux («Tedjon Sitizen», J.Koreya), Krimets Yegor («Paxtakor»), Muhammadiyev Shuhrat («Lokomotiv»), Zoteyev Oleg («Lokomotiv»), Az’amov Sherzod («Paxtakor»), Sayfiyev Farrux («Paxtakor»).

Yarimhimoyachilar: Ahmedov Odil («Shanxay SIPG», Xitoy), G‘ofurov Husniddin («Lokomotiv»), Haydarov Azizbek («Bunyodkor»), Mirzayev Sardor («Lokomotiv»), Shukurov Otabek («Sharja», BAA), Sobirxo‘jayev Sardor («Bunyodkor»), Rashidov Sardor («Lokomotiv»), Shomurodov Eldor («Rostov», Rossiya), Tursunov Sanjar («Tedjon Sitizen», J.Koreya"), Kozak Vladimir («Paxtakor»), Ibrohimov Javlon («Bunyodkor»).

Hujumchilar: Abduxoliqov Temurxo‘ja («Lokomotiv»), Bikmayev Marat («Lokomotiv»), Nagayev Ivan («Qizilqum»), Igor Sergeyev («Paxtakor»).