Bugun O‘zbekistonning barcha hududlarida Qurbon hayiti bayrami nishonlandi. Mamlakatdagi 1982 ta masjidda 1906974 nafar mo‘min-musulmon Qurbon hayiti namozini ado etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Imom-xatiblar hozirda o‘zbekistonlik ziyoratchilar Haj amallarini ado qilib, duolar qilayotganlari, shuningdek, Qurbon hayitining fazilatlari haqida ma’ruza qildilar.

Foto: O‘MI Toshkent shahar vakilligi matbuot xizmati