Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. -87 kg vaznda bahslarga kirishgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalov musobaqalarning kumush medali sohibi bo‘ldi.

Final bellashuvida eronlik Nuri Hussaynga qarshi gilamga chiqqan Rustam garchi dastlabki ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa ham, keyinchalik ustunlikni boy berdi va kumush medal bilan cheklandi.

O‘zbekiston sportchilari ayni paytga qadar 2 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.