Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mo‘minjon Abdullayev oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Finalda qozog‘istonlik raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etgan Mo‘minjon O‘zbekiston dlegatsiyasi tarkibiga navbatdagi oltin medalni olib keldi.

O‘zbekiston sportchilari ayni paytga qadar 3 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.