O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov seshanba kuni marhum Halima Xudoyberdiyeva xonadoniga tashrif buyurib, 18 avgust kuni hayotdan ko‘z yumgan shoirning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Qurbon hayitining birinchi kuni hukumat rahbari diniy arbob, iyun oyida vafot etgan Toshkentning sobiq bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov xonadonida ham bo‘ldi.