Qurbon hayitining birinchi kuni jurnalistlar va jamoatchilik vakillari 20 avgust kuni Bekobodda hukumat avtomobili ishtirokidagi YTHda jarohatlangan Damas avtomobili haydovchisi va uning yo‘lovchisi holidan xabar oldi, deya xabar qildi Xabar.uz.

Foto: xabar.uz.

Avariya sodir bo‘lgan kuni ijtimoiy tarmoqlarda ularning holati to‘g‘risida qarama-qarshi xabarlar tarqalgan edi.

Xabar.uz nashrining yozishicha, bemorlarning ahvoli qoniqarli bo‘lib, ular yaqin kunlarda o‘z oilalari bag‘riga qaytadi.

Avvalroq esa O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Saidovda peshona sohasi lat yeyishi, yo‘lovchi Meliboyevda esa o‘ng umrov suyagining yopiq sinishi kabi jarohatlar aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Ular hozirda Bekobod shahar markaziy shifoxonasida davolanmoqda.