Kecha ushuning taulu yo‘nalishida bahslarda ishtirok etgan Darya Latisheva uchinchi natijani qayd etib, final yo‘llanmasiga ega chiqqandi. Bugun sportchi musobaqaning final bosqichida chiqish qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Darya Latisheva bugun 12 nafar sportchi ichida ikkinchi natijani qayd etdi va musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi hamda O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medalni qo‘shib qo‘ydi.

Ta’kidlash o‘rinli, bungacha O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarida ushu bahslarida umuman medal yutmagandi. Bu mamlakat uchun sportning mazkur turi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilk medal bo‘ldi.

Shu tariqa O‘zbekiston sport delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi medallari soni to‘rttaga yetdi. Kuni kecha uch nafar erkin kurashchi oltin va ikkita bronza medallari sohibiga aylangandi.