10 sentyabrdan 30 sentyabrgacha O‘zbekiston telefon tarmog‘ida 7 raqamlidan 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi, deya xabar qildi «O‘zbektelekom» kompaniyasi matbuot xizmati.

Avvalroq 9 raqamli raqamlash tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi qaror shaharlararo raqamlarni terish jarayonini soddalashtirish uchun qabul qilingani ma’lum qilingan edi.

Endilikda Toshkentdagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish uchun shahar kodi «71» ham terilishi kerak.

Masalan: eski raqam: 278XXXX / yangi raqam: 71278XXXX.

10−11 sentyabr kunlari BUZTON, EAST TELECOM, SARKOR TELECOM va SHARQ TELECOM operatorlari tarmoqlarida to‘qqiz raqamli raqamlash tizimiga o‘tish amalga oshiriladi. Telefon raqamlariga «78» kodi qo‘shiladi.

Misollar:

  • BUZTON eski raqami: 120XXXX, yangi raqami: 78120XXXX;
  • EAST TELECOM eski raqami: 150XXXX, yangi raqami: 78150XXXX;
  • SARKOR TELECOM eski raqami: 122XXXX, yangi raqami: 78122XXXX;
  • SHARQ TELECOM eski raqami: 113XXXX, yangi raqami: 78113XXXX.

10−11 sentyabr kunlari mobil operatorlari ham to‘qqiz raqamli raqamlash tizimiga o‘tadi. Barcha mobil telefonlari raqamlarini terishda raqam oldidan uyali aloqa kompaniyasi kodi teriladi.

Misollar:

  • Beeline: eski 956XXXX — yangi 90956XXXX, eski 132XXXX — yangi 91132XXXX;
  • UMS: eski 426XXXX — yangi 97426XXXX;
  • Perfectum: eski 115XXXX — yangi 98115XXXX;
  • Uzmobile: eski 899XXXX — yangi 99899XXXX; eski 195XXXX — yangi 95195XXXX;
  • Ucell: eski 381XXXX — yangi 93381XXXX; eski 630XXXX — yangi 94630XXXX.