O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 5-sentyabrdan boshlanadi, deya xabar qildi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Facebook-sahifasida.

Prezident farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 4-sentyabrgacha dam olish kunlari deb belgilangan.

“Maktab o‘qituvchilarimiz ham ushbu dam olish imkoniyatidan to‘laqonli foydalanishlari uchun yangi o‘quv yili 5-sentyabrdan boshlanadi. Bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan oilaviy foydalanishni reja qilgan, lekin farzandi o‘qishga chiqishi munosabati bilan ikkilanib turgan ota-onalarga ham qo‘shimcha imkoniyat yaratildi”, — deya ma’lum qildi XTV rahbari.