Professional ringda faoliyatini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev Rossiya poytaxti Moskva shahrida navbatdagi jangini o‘tkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Shohjahon bu safar ugandalik Juma Vasvaga qarshi ringga ko‘tarildi. Ushbu jangda o‘zbekistonlik bokschi o‘zining WBA International kamarini himoya qildi.

Jangning to‘rtinchi raundida Ergashevning kuchli zarbalaridan so‘ng referi bahsni to‘xtatdi. Shu tariqa, Shohjahon nokaut evaziga jangni muddatidan oldin tugatdi.

Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashev professional ringda 14 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarning 13 tasida esa u raqiblarini muddatidan avval nokaut va texnik nokaut evaziga mag‘lub etgan.

Vasva ham professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (4 ta nokaut). Uchta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda durang qayd etilgan.