Qurbon hayitining birinchi kuni poytaxt, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Respublika bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidan tashqari, 21 avgustdan haroratning kechasi 3−6, kunduzi 4−6 darajaga pasayishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda salqin harorat bir necha kun muqaddam o‘rnatilgan edi.

21 avgust kungi ob-havo ma’lumotlari

Toshkent

Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘zgargan holda 5−10 m/s tezlikda esadi, 12−17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +21…+23, kunduzi +29…+31 daraja bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Ayrim joylarda bir oz havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12…+17, kunduzi +27…+32 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Ayrim joylarda bir oz havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18…+23, kunduzi +28…+33 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyati

Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol sharqiyga o‘zgarib, 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18…+23, kunduzi +28…+33 daraja bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Ayrim joylarda bir oz havo o‘zgaradi, yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirgan holda 7−12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18…+23, kunduzi +28…+33 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Ayrim joylarda bir oz havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. G‘arbiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20…+25, kunduzi +30…+35 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18…+23, kunduzi +28…+33 daraja tezlikda esadi.

Tog‘li hududlar

Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15…+20, kunduzi +18…+23 daraja tezlikda esadi.