Nukus markazidagi 55 metrlik flagshtoklarga 12×24 m hajmli O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari ilindi.Foto: Shuhrat Saidahmad / KRuz.uz.

Bayroqlar Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat san’at muzeyi hamda shoir To‘lepbergen Qaipbergenov va Islom Karimov haykallari yaqiniga o‘rnatildi.

Foto: Azamat Atadjanov / «Gazeta.uz».

Flagshtoklarni tayyorlash va o‘rnatish ishlari bir necha kun davom etdi. Toshkentdan keltirilgan qismlar kranlar yordamida birlashtirildi.

Flagshtoklar Toshkentdagi «GSKB Metall» zavodida yasaldi.

Flagshtoklar joylashgan maydon trotuar plitkalari bilan qoplanib, o‘rindiqlar qo‘yib chiqiladi.

Foto: Azamat Atadjanov / «Gazeta.uz».Foto: Azamat Atadjanov / «Gazeta.uz».

Savitskiy muzeyi qarshisiga bir vaqtning o‘zida o‘rnatilgan I Love Nukus yozuvi aholi va sayyohlar diqqatini tortib ulgurdi. U kechasi o‘zidan yorug‘lik taratadi.

Foto: Iskandar Yusupov / KRuz.uz.

Eslatib o‘tamiz, iyulda Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydoniga 65 m balandlikdagi flagshtok o‘rnatilib, unga 10×20 m hajmli O‘zbekiston bayrog‘i ilingan edi. O‘zbekiston bayroqlari mamlakatning boshqa shaharlariga ham o‘rnatilmoqda.