“O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmatining xabar berishicha, avtohalokatga uchragan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazir o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonovga jiddiy shikast yetmagan va hozirda u shifokorlar nazorati ostida.

Shifokorlaring aytishicha, hozirda Alisher Sultonovning ahvoli yaxshilanib bormoqda va tez vaqtda u o‘z ishiga qaytishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabariga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi Toshkent viloyatida ro‘y bergan.

Hukumat korteji to‘g‘risidan Damas rusumli mashina chiqib kelgan, uning haydovchisi esa boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtohalokat sodir bo‘lgan.