19 avgust kuni kechqurun O‘zbekiston bosh vaziri Adulla Aripov Bekoboddan Toshkentga kelayotgan yo‘lda yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Hukumat rahbari xizmat mashinasida bo‘lgan. U yengil tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan, uning salomatligiga hech narsa tahdid solayotgani yo‘q, deya ta’kidladi axborot manbasi.

YTHda bosh vazir bilan bitta mashinada bo‘lgan yana bir kishi ham jarohatlangan.

«Gazeta.uz"ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasining xabar berishicha, Damas rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va xizmat avtomashinasi bilan to‘qnashgan. Damas haydovchisi jabrlanmagan.

Tergov tadbirlarini o‘tkazishda qonuniylik ta’minlanadi, deya ta’kidladi axborot manbasi.