Bugun erta tongda 11 nafar bola Germaniya klinikalarida davolanish uchun jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2002 yildan buyon «Sog‘lom avlod uchun» xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Germaniyaning «Friedensdort international» Xalqaro tashkilotining uch tomonlama hamkorlik bitimi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Bitimga asosan o‘zbekistonlik bemor bolalar terisida kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan Germaniyaning nufuzli klinikalarida davolanib keladi.