Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyada Tailand termasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlarining 1/8 finaliga chiqdi. Bu haqda musobaqa saytida xabar qilindi.

Uchinchi tur uchrashuvida yagona golni hujumchi Zabixullo O‘rinboyev 17-daqiqada kiritdi.

O‘zbekiston tarkibi: Botirali Ergashev, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Xojiakbar Alijonov, Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov, Zabixullo O‘rinboyev, Javohir Siddiqov, Ikrom Aliboyev, Azizbek Turg‘unboyev, Dostonbek Tursunov.

«B» guruhining boshqa juftligida Bangladesh Qatarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston 9 ball to‘pladi va 4 ball to‘plagan Bangladesh bilan musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Tailand (2) va Qatar (1) Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

Ravshan Haydarov shogirdlarining navbatdagi o‘yini 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Statistika


Video