O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti qabriga gul qo‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

Mazkur majmuaga har kuni yuzlab o‘zbekistonliklar va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor. Emomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.

Mehmonga majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.