Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Samarqand xalqaro aeroportida uni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani, turli sohalarga doir 27 ta hujjat va savdo shartnomalari imzolagani tashrifning eng muhim natijalari bo‘ldi.