Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon 18 avgust kuni Samarqand shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni hukumat vakillari kutib oldi.

Tashrif davomida Islom Karimov va Amir Temur maqbaralarini ziyorat qilish, Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi, Registon majmuasi va boshqa tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish rejalashtirilgan.