Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Tojikiston respublikasi prezidenti Emomali Rahmonning bugun Samarqandga borgani haqida xabar bergan edik.

Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev hampohligida Registon majmuasini tomosha qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonlarga majmuadagi uch muhtasham obida — Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillaqori madrasalarining tarixi, mustaqillik yillarida bu yerda olib borilgan ishlar haqida so‘zlab berildi.

O‘zbekistonning me’morchilik an’analari, qadimiy obidalarning mustahkamligi, Tillaqori gumbazining naqshinkor jilolari Emomali Rahmonda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Registon maydonida esdalik uchun suratga tushdi.