17 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviatsion hukumatlari o‘rtasida «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi hamda Qirg‘izistonning Air Manas va Avia Traffic Company kompaniyalari vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

MAK matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, tomonlar Toshkent-Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini haftasiga to‘rttagacha oshirish, shuningdek O‘sh-Toshkent-O‘sh yo‘nalishi bo‘yicha qirg‘iz tomonidan haftasiga bitta reys ochishga kelishib oldi.

Bundan tashqari, yo‘lovchilar oqimi mavjud bo‘lganda Toshkent-Tomchi (Issiqko‘l)-Toshkent, Bishkek-Samarqand-Bishkek va O‘sh-Samarqand-O‘sh yo‘nalishlari bo‘yicha charter rtyslarini amalga oshirishni boshlashga kelib olindi.