17 avgust kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududida «Toshkent-Termiz» avtoyo‘lining 1012-kilometrida sodir bo‘lgan YTH natijasida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi, bir kishi jarohatlandi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, tumanda istiqomat qiluvchi I. A. Nexia avtomobilini mast holatda boshqarib, DAF yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan.

Natijada yengil avtomobil haydovchisi va uch yo‘lovchi hodisa joyida hayotdan ko‘z yumgan, bir yo‘lovchi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.