Ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurdi. Sohibqiron ruhi pokiga Qur’on tilovat qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mehmonlarga Amir Temur hayoti, ushbu maqbara qurilishi haqida so‘zlab berildi.

Tojikiston prezidenti o‘zi uchun Amir Temur va temuriylar davlati tarixiga oid yangi jihatlarni kashf etganini ta’kidladi.