Gazeta.uz va Zira.uz sahifalari hamkorlikda Qurbon Hayiti bayram dasturxonida tayyorlasa bo‘ladigan yeguliklar jamlanmasini taqdim etadi.

Suzma va bodringdan tayyorlanilgan salat

Salat va bodringdan tayyorlaniladigan salatjuda mazali bo‘lib, dasturxonga ham ko‘rk bag‘ishlaydi. U go‘shtli va xamirli taomlar bilan ham yaxshi iste’mol qilinadi. Asosiysi bu salatga unchalik nordon bo‘lmagan suzmadan foydalanish kerak.

«Registon» salati

Chiroyli va yorqin ko‘rinishdagi salatbayram dasturxonini bezaydi. Uning tarkibiga mol go‘shti, sabzavotlar mavjudligi sabab ham u juda ozuqaviy, shu bilan birgalikda yengil salat ham sanaladi. U yanada chiroliroq chiqishi uchun unga har xil rangli bulg‘or qalampirlaridan soling.

Qozon kabob

Qozon kabob taomини asosan bayramlarda tayyorlashadi. Bu mazali va juda to‘yimli taom qo‘y go‘shti va kartoshkadan tayyorlaniladi. Ziravorlarga to‘yinib pishgan go‘sht bo‘laklari va tillarang kartoshkalar hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.

Gulxonim

Gulxonimxamirli taomlar ichida eng chiroylilaridan biri bo‘lib, uning ko‘rinishi ishtahani ochadi. Bu taoomni dasturxonga tortish yoki mehmonga pishirib olib borish ham mumkin. Aytgancha taom nafis chiqishi uchun xamirni iloji boricha yupqa yoyish talab etiladi.

Samarqandcha palov

Hech bir bayram dasturxonini shohona taomimiz palovsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Aynan Hayitdan bir kun oldin deyarli hamma osh pishiradi. Samarqandcha palovesa boshqoga viloyatning oshlaridan biroz farq qiladi.

Chak-chak

Chak-chak ko‘p masalliqlarni talab qilmaydigan, ammo juda mazali yegulik! Bu shirinligimizni ta’bingizga qarab har xil yong‘oqlar, mak yoki quritilgan mevalar bilan ham bezatishingiz mumkin. Aytgancha, chak-chakлар buralib chiqishi uchun, qovurayotganda tez-tez chovlida aralashtirib turishni unutmang.

Bo‘g‘rsoq

Albatta Qurbon Hayitini bo‘g‘irsoqlarсизtasavvur qilib bo‘lmaydi. Bizning xalq odatda bayramdan bir kun oldin qo‘shnilar, tanish-bilishlarni bo‘g‘irsoqlar va palov bilan siylaydi. Bizning batafsil retseptimiz asosida bo‘g‘irsoqlarni tayyorlash umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Qush tili

Bayram dasturxonlari to‘rini egallaydigan yana bir yegulik bo‘lib, u albatta qush tilidir. Bu og‘izda erib ketuvchi pishiriqni tayyorlash juda ham oson, ko‘pi bilan yarim soat vaqt sarflaniladi. Ammo u ko‘ngildagidek chiqishi uchun esa bir nechta ko‘rsatmalarga amal qilish kerak bo‘ladi.

Bundanda ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15