1 avgust holatida O‘zbekistonning sof oltin zaxiralari hajmi 26,4 mlrd dollarni tashkil etib, bir oy ichida 283,8 mln dollarga qisqardi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Iyul oyida yalpi oltin-valyuta zaxiralari 270,6 mln dollarga qisqarib, 27,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Undagi xorijiy valyutadagi aktivlar hajmi 13,4 mlrd (bir oy ichida 220,7 mln dollarga kamayish), monetar oltin — 13,8 mlrd dollarni (bir oy ichida 49,9 mln dollarga kamayish) tashkil etdi.

Mazkur holat hisobot davrida asosan oltin narxining 1250,55 dan 1219,20 doll/tr unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishiga ta’siri — 347 mln dollar).