O‘zbekiston va Tojikiston Markaziy Osiyodasuv resurslaridan ratsional va adolatli foydalanish masalalarini muhokama qildi. 17 avgust, juma kuni O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati tashkil qilgan matbuot markazida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning qo‘shma bayonoti translyatsiyasi bo‘lib o‘tdi.

«Biz bugun Tojikistonda Zarafshon daryosida umumiy quvvati 320 MVt bo‘lgan ikkita gidroelektr stansiyasini birgalikda qurish, shuningdek gidroelektrostansiyalar qurilishi to‘g‘risidagi hukumatlararo komissiya doirasida Sarez ko‘lining ichimlik suvidan foydalanish masalasini o‘rganish haqida ma’lum qilishga tayyormiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

U tojik tomonida yirik banklar xalqaro standartlaridan o‘tgan texnik-iqtisodiy asoslarga ega tayyor loyihalar mavjudligini ta’kidladi.

«O‘ylaymanki, bizning mintaqaviy hamkorligimizda bu — gidrotexnik qurilish loyihasi — juda jiddiy masala bo‘adi. Bir oz vaqt o‘tadi va biz birgalikda barpo qilib, muammolarni birga bartaraf etamiz», — deya ishonch bildirdi prezident.