Joriy yilning o‘tgan yarim yili davomida Jizzax viloyatida birinchi bosqich sudlari tomonidan to‘rt nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi. Shu kabi ikki nafar shaxsga nisbatan bitta jinoyat ishi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan qilmishda jinoyat tarkibi bo‘lmaganligi sababli harakatdan to‘xtatildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudi raisi o‘rinbosari O‘tkirjon Jumayev «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Yoki viloyat­ sudi apellyatsiya instansiyasida ikki nafar, kassatsiya инс­танциясида esa, to‘rt nafar shaxsga nisbatan ayblari isbotlanmaganligi sababli оқ­лоv hukmlari chiqarildi.

Misol uchun jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi kassatsiya sudlov hay’ati ochiq sud majlisida birinchi bosqich sudi hukmi bilan sudlangan Sh. Murodov va uning himoyachisi G‘. Namozov tomonidan keltirilgan kassatsiya shikoyati ҳам­да viloyat prokurori tomonidan kassatsiya tartibida kiritilgan protestga asosan жи­ноят­ ishi qayta ko‘rib chiqildi.

Mazkur jinoyat ishini batafsil o‘rganib chiqqan kassatsiya instansiyasi sudi birinchi bosqich sudi tomonidan қо­нун talabi va Oliy sud Plenumining rahbariy tushuntirishlariga amal qilinmagan va ishning haqiqiy ҳо­лат­лариga ҳу­қуқий baho berilmagan holda sudlangan Sh. Murodov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «v», «g» банд­ла­ри, 209-moddasi 1-qismi bilan asossiz aybdor deb topilib, noqonuniy тўх­тамga kelingan, deb hisobladi.

Shuning uchun birinchi bosqich sudi hukmini bekor qilib, harakatida jinoyat tarkibi bo‘lmagani sababli Sh. Murodovga nisbatan Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan oqlov hukmi chiqardi.

Ish holatiga ko‘ra, Sh. Murodov 2016 yilning iyun oyidan 2017 yil avgust oyigacha G‘allaorol tumani G‘. G‘ulom nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida ishlagan. Uning фао­лияти tekshirilganida o‘n bir holatda ijtimoiy nafaqalar noqonuniy tartibda tayinlanib, 4 million 755 ming 376 so‘m ortiqcha to‘lanib, byudjet mablag‘lari rastarata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilingani aniqlangan.

Fuqaro M. Ibodullayevaning ikki yoshgacha nafaqa tayinlash haqidagi arizasida oilaning tarkibi besh kishidan iborat ekanligi qayd etilgan. Oilaning jami daromadi 1 million 243 ming 144 so‘mni yoki oilaning har bir a’zosi ҳи­собиga to‘g‘ri kelgan daromad 248 ming 628 so‘mni tashkil etgan. 2016 yil oktyabr oyi uchun belgilangan nafaqaga muhtojlik mezoni 224 ming 664 so‘mga taqqoslaganda bu har bir oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad mezoniga nisbatan 23 ming 964 so‘mga oshib ketgan. Nafaqa tayinlash komissiyasining 2016 yil 21 oktyabrdagi bayonnomasiga asosan oyiga 260 ming 480 so‘mdan nafaqaning oshgan qismi bilan birgalikda 2016 yil 1 noyabrdan 2017 yil 1 iyunga qadar, jami 2 million 18 ming 710 so‘m nafaqa пу­ли tayinlanib, shundan 2016 yil noyabr oyidan 2017 yil aprel oyiga qadar jami 1 million 719 ming 160 so‘m to‘langan.

G‘allaorol tuman moliya bo‘limi mutaxassisi tomonidan shu yilning 24 aprelida sudga taqdim etilgan xulosada M. Ibodullayevaning oilasi olti nafar shaxsdan iboratligi, shundan to‘rt nafari mehnatga layoqatli va ikki nafari voyaga yetmaganlarni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Shu o‘rinda masalaga yanada oydinlik kiritish uchun Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam puli tayinlash va тў­лаш tartibi to‘g‘risida"gi Ни­зом­нинg 24-bandiga to‘xtalish lozim. Negaki, ushbu Nizomning 24-bandiga ko‘ra, oilaning jami daromadi 1 million 123 ming 311 so‘mni tashkil etib, ushbu summa olti nafar oila a’zosiga taqsimlanganida har bir kishiga 187 ming 218 so‘mdan to‘g‘ri kelgan. Oktyabr oyi uchun belgilangan nafaqa mezoni aslida 224 ming 664 so‘mni tashkil etadi. Bunday holatda shu oyga belgilangan nafaqa mezoniga nisbatan bu miqdor oila a’zolarining har biriga 37 ming 446 so‘mdan kamligi ko‘zga tashlanadi.

Demak, nafaqa tayinlash komissiyasining 2016 yil 21 oktyabrdagi bayonnomasiga asosan M. Ibodullayevaga har oyga 260 ming 480 so‘mdan, 2016 yil 1 noyabrdan 2017 yil 1 iyunga qadar 2 million 18 ming 710 so‘m nafaqa pullari to‘g‘ri та­йин­ланgaн va 1 million 719 ming 160 so‘m nafaqa puli to‘g‘ri to‘langan. Bunday holatda Sh. Murodov tomonidan tekshirish davrida noto‘g‘ri тў­ланgaн nafaqa pullari 3 million 895 ming 787 so‘mni tashkil etadi.

Ma’muriy javobgarlik тўғ­рисидаgi kodeksning 61-moddasi 3-qismiga ko‘ra, talon-toroj qilingan mulkning qiymati eng kam oylik ish ҳақи­нинg 30 baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj қи­лish deb hisoblanadi.

Shu o‘rinda Sh. Murodovga Jinoyat kodeksining 209-moddasi 1-qismi bilan qo‘yilgan ayb masalasiga to‘xtalamiz. Unga ko‘ra, mansab soxtakorligi, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zi­ни o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarini ko‘zlab rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilishiga sabab бўл­gaнлик uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

O‘rganishlardan aniq bo‘ldiki, Sh. Murodov tomonidan noqonuniy to‘lab yuborilib, rastarata yo‘li bilan talon-toroj qilingan nafaqa pullari qiymati jami 3 million 895 ming 787 so‘mni tashkil etgan. Bu eng kam oylik ish ҳақи­нинg 30 baravari miqdoridan oshmaydi. Shuningdek, davlat manfaatiga jiddiy zarar yoki ziyon keltirilmagan.

Kassatsiya sudlov hay’ati yuqoridagilarga asoslanib Sh. Murodovning harakatida jinoyat tarkibi mavjud emas, degan qat’iy to‘xtamga keldi. Sud hukmini bekor qilib, Sh. Murodovni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan oqladi.