14 avgust kuni Andijon shahrida yashovchi Z.A. «Mustaqillik» MFYda o‘zaro janjal oqibatida tanishi M.Yu.ning boshiga tosh bilan urib jarohat yetkazgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur hodisa natijasida M.Yu. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Z.A. qo‘lga olindi.