Statistik tahlil natijalari joriy yilning avgust oyida Toshkent shahrida YTHlar soni 43,3 foizga pasayganini ko‘rsatmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, 2018 yil avgust oyining 15 kunida:

YTH — 51 ta (2017 yilda 90 ta);

Jarohat olganlar — 64 ta (2017 yilda 110 kishi);

Halok bo‘lganlar- 2 kishini (2017 yilda 8 kishi) tashkil etdi.

Shuningdek, 9−15 avgust kunlarida yo‘llarda jami 3041 ta qoidabuzarliklar aniqlangan.

Shundan:

52 ta — avtomobilni mast holda boshqarish;

110 ta — avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarish;

33 ta — svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamaslik;

103 ta — yo‘l belgilariga amal qilmaslik;

1 456 ta — xavfsizlik kamarini taqmaslik;

14 ta — YPX inspektori buyrug‘iga bo‘ysunmaslik holatlaridir.

«Shu fursatdan foydalanib, barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini yo‘l harakati qoidalariga amal qilishga chaqiramiz», deyiladi IIBB xabarida.