Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan,

podpolkovnik Do‘stmatov Rustamjon Xolmirzayevich, O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Ortiqboyev Fayzulla Qosimovich, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimi vazifasini bajaruvchisi;

podpolkovnik Ahmadxo‘jayev Abduazim Rahmatovich, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘ining o‘rinbosari, Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimi vazifasini bajaruvchisi;

podpolkovnik Abdullayev Ilhom Sayfutdinovich, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Orziqulov Sherzodbek Muimjonovich, Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — tergov boshqarmasi boshlig‘i;

polkovnik Narzullayev Ulukberdi, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;

podpolkovnik Ahmedov Otamurod Baxtiyorovich, Toshkent shahar, Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi;

podpolkovnik Tillayev Ikrom Rustamjonovich, Toshkent shahar, Chilonzor tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi;

podpolkovnik Zoitov Ziyauatdin Imomatdinovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik Sariqulov Muzaffar Joniqulovich, Jizzax viloyati, Zarbdor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik Hasanov Jahongir Mahammadjonovich, Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik G‘aniyev G‘ayrat Ahmadjonovich, Namangan viloyati, Uychi tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik Inag‘omov Atxam Rustamxo‘jayevich, Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;

podpolkovnik O‘rinboyev Sharofjon Sharifovich, Samarqand viloyati, Payariq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi;

podpolkovnik Sanaqulov Botirali Yusupovich, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi;

podpolkovnik Doniyorov Ibrohim Eshquvvatovich, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi;

mayor Rahmonov Sunnat Akbarovich, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, lavozimlariga tayinlandi.