The Economist jurnalining har yillik reytingida Vena yetti yil davomida yetakchilikni saqlab kelgan Avstraliyaning Melburn shahrini ortda qoldirib, dunyoning eng qulay shahri deb topildi.

Uchinchi o‘rinni Yaponiyaning Osaka shahri egalladi. To‘rtinchi pog‘onani esa Kanadaning Kalgari band etgan bo‘lsa, beshtalikni Sidney yakunladi. Kuchli o‘nlikdan Vankuver, Tokio, Toronto, Kopengagen va Adelaida joy oldi.

Dunyoning 140 shahri kiritilgan reytingning quyi pog‘onasini Damashq egalladi. Bangladesh poytaxti Dakka va Nigeriyaning Lagos shahri ham eng noqulay shaharlar o‘ntaligini band etdi.

The Economist jurnali har yili 30 dan ortiq mezonar asosida shaharlar reytingini aniqlaydi. Ularni siyosiy va ijtimoiy barqarorlik, jinoyatchilik, ta’lim, sog‘liqni saqlash darajalari bo‘yicha to‘rtta bo‘limga ajratish mumkin.