Toshkent shahrining Shayxontohur, Yashnobod va Chilonzor tumanlari IIO FMBlariga yangi rahbarlar tayinlandi, deya xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Shayxontohur tuman IIO FMB boshlig‘i lavozimiga polkovnik Narzullayev Ulug‘berdi tayinlandi.

Yashnobod tuman IIO FMB boshlig‘i lavozimi podpolkovnik Ahmedov Otamurod Baxtiyorovichga topshirildi.

Chilonzor tuman IIO FMB boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Tillayev Ikrom Rustamjonovich tayinlandi.