Shuhrat Sanjarovich Muhammadxonov Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bunga qadar u O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Shuhrat Muhammadxonov 1958 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1980 yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida 2015 yilda «Toshyo‘lovchitransxizmat» unitar korxonasi direktori o‘rinbosari, 2016 yilda «Alliance Capital K/S» kompaniyasi doimiy muassasasi boshlig‘i, 2018 yilda O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Shuhrat Muhammadxonov 2018 yil 15 avgustdan boshlab Shayxontohur tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.