O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga ilk davlat tashrifi oktabr oyida amalga oshadi. Bu haqda 16 avgust kuni O‘zbek-Hind hukumatlararo komissiyasining 11-yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov ma’lum qildi.

«Bugungi majlisda, shuningdek, ikki tomonlama biznes-forumda biz birgalikda aniq tadbirlar va loyihalar ustida kelishib olamiz deb hisoblayapman. Bu esa joriy yilning oktyabr oyida Dehlida bo‘lib o‘tadigan yetakchilarimiz ishtirokida o‘tadigan uchrashuvlar kun tartibi aniq amaliy mazmun bilan to‘ldiradi», — dedi hukumat rahbari o‘rinbosari.

Shuningdek u tashrif «davlatlararo munosabatlarda, ayniqsa iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohalarida yangi sahifa ochishiga» umid bildirdi.

Shavkat Mirziyoyevning tashrifi 2 otyabr kuni o‘tkaziladigan Hindiston bayrami — Gandi kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda, deya bayonot berdi Hindistonning savdo va sanoat vaziri Suresh Prabxu.