Bir oy ichida e-visa.gov.uz xizmati orqali 5000 dan oshiq chet elliklarga O‘zbekistonga kirish vizasi taqdim etildi, deya xabar qildi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov «Gazeta.uz"ga.

Bosh vazir o‘rinbosari ma’lumotlariga ko‘ra, bir oy davomida 42 mamlakatdan 5460ta ariza kelib tushgan. Ularning katta qismi — 1190 tasi Xitoydan, 671 tasi — AQSHdan, 611 tasi — Buyuk Britaniyadan, 403 tasi — Hindistondan, 339 tasi — Fransiyadan, 311 tasi — Germaniyadan va 253 tasi — Avstraliyadan.

15 avgust holatiga ko‘ra, 5025 ta viza berildi. Bir nafar Fransiya fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizasini taqdim etish rad qilindi.

O‘zbekistonga kirishga elektron vizalarni rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi 15 iyulda ishga tushirilgan edi. Birinchi ikki kunda 28 davlat fuqarolaridan 196ta ariza kelib tushdi. Yarim oy ichida esa 41 davlatdan 2784 arizachi murojaat qildi.