18 avgust kuni Indoneziyada XVIII Osiyo o‘yinlari start oladi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi o‘yinlar boshlanishiga ikki kun qolganida rasmiy tadbir — ishtirokchi mamlakatlarning bayroqlarini ko‘tarish marosimida qatnashdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, delagatsiya vakillari, murabbiylar va sportchilar ishtirok etdi. Davlat madhiyasi sadolari ostida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi.

Marosim davomida O‘zbekiston bayrog‘i bilan bir qatorda Filippin, Livan, Pokiston va Butan bayroqlari ham ko‘tarildi.

Tadbir yakunida Olimpiya shaharchasi meri Yuni Karkita delegatsiyalar rahbarlariga esdalik sovg‘alarini topshirdi. O‘z navbatida Jasur Matchanov ham O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan mezbonlarga atalgan esdalik sovg‘asini taqdim etdi.