Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 15 avgust kuni Samarqand shahrida yashagan Sh. R. o‘zining boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasini «Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shaxrisabz-Termiz» yo‘lining 996-kilometrida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay beton to‘siqqa borib urilgan. Natijada avtomashina ag‘darilib, yong‘in sodir bo‘lgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi berigan xabarga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Ammo haydovchi Sh. R. hamda avtomashinada bo‘lgan uning rafiqasi E.S. kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan.