O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni Kobul shahridagi «Mavaud» ta’lim markazida sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston xalqi va Prezident Muhammad Ashraf G‘aniga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohatlanganlarga shifo tiladi.