Xalqaro press-klubda «Milliy kinoindustriyani rivojlantirish: tarixiy an’analar, muammolar, yangicha badiiy sifatida va maqsadli sarmoyalar» mavzusidagi anjuman davom etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

«O‘zbek kino sanoatini rivojlantirish uchun nima qilish kerak?» degan savolga «O‘zbekkino» Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov quyidagicha javob berdi:

«O‘zbek kinosini rivojlantirish uchun kinoshahar qurish niyatidamiz. Unda kinolar uchun maxsus pavilonlar barpo etiladi. Ular doimiy bo‘ladi, buzib tashlanmaydi. Shaharchada milliyligimiz, tariximiz aks etadi. Hozirda bu borada Toshkent shahar hokimligi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shaharchaning aynan qayerda bo‘lishi hozircha noma’lum. Maxsus maydon AQSHning Hollivud va Hindistonning Bollivudi kabi bo‘ladi».