Rossiyalik yozuvchi Eduard Uspenskiy 80 yoshda hayotdan ko‘z yumdi. Yozuvchi 10 avgust kuni o‘zini yomon his etgach, turmush o‘rtog‘i tez tibbiy yordam chaqirgan, deya xabar berdi RIA Novosti.

«Timsoh Gena va uning do‘stlari», «Prostokvashinodagi ta’til» va boshqa mashhur asarlar muallifi so‘nggi vaqtlarda og‘ir xastalikdan aziyat chekayotgan edi.

Eduard Uspenskiy 1937 yil 22 dekabrda Yegorevskda tug‘ilgan. Maktab yoshidanoq she’r va hikoyalar mashq qilgan. U hajviyachi sifatida tanildi. 1966 yilda u, Arkadiy Arkanov, Grigoriy Gorin va Feliks Kamov muallifga mashhurlik keltirgan «Bir muqova ostidagi to‘rtovlon» asarini chop etdi.

Bundan tashqari, Uspenskiy Timsoh Gena va Cheburashka, Prostokvashinolik do‘stlarning sarguzashtlari, «Plastilin qarg‘a» va boshqa ko‘plab multfilmlar ssenariysiga ham mualliflik qilgan.