O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Genuya shahri yaqinidagi avtomobil ko‘prigi qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Italiya Respublikasi prezidenti Serjo Mattarellaga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, ushbu halokat natijasida 35 kishi halok bo‘ldi. Hokimiyat vakillarining bildirishicha, qurbonla soni yanada ko‘payishi mumkin.