Davlat qabul komissiyasining bayoni asosida jami 276 ta yo‘nalish bo‘yicha oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, deya xabar berdi O‘zA.

Eng arzon super-kontrakt miqdori 82,9 mln so‘m bo‘lib, 141 ta yo‘nalishda (51,1 foiz) abituriyentlar ayni shu miqdordagi super-kontraktni to‘lab, talaba bo‘lishi mumkin.

Eng qimmat super-kontrakt esa o‘tgan yildagidek huquq sohasi uchun belgilandi — 25 barobar. Bunga ko‘ra, yurist bo‘laman degan, lekin yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar birinchi yil uchun 276,4 mln so‘m to‘lab, talaba bo‘ladi.

Shu kabi super-kontrakt uchun 276 ta yo‘nalishga jami 11 xil miqdordagi narxlar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, yangi o‘quv yilidan o‘tish baliga 1, 2, 3, 4 ball to‘play olmagan abituriyent kontrakt pulining 1,5, 2, 2,5 va 3 barobarini to‘lab, talaba bo‘lishi mumkin. Agar abituriyent ushbu natijani qayd eta olmasa, ta’lim yo‘nalishidan kelib chiqqan holda 10−20 barobargacha miqdordagi superkontraktni to‘lashi kerak bo‘ladi.