2018 yil 10 avgust kuni soat 02−05da voyaga yetmagan 20 yoshli yigit va 17 yoshli qiz qo‘l ushlashib poyezd yo‘liga o‘tirib olgan. Poyezd urib ketishi natijasida ularning ikkisi ham voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Hodisa «Jarqo‘rg‘on-Razezd 165» temir yo‘l bekatlari oralig‘i 4502 km. 2-piketida sodir bo‘lgan

Marhumlar:

1) G.H. 2001 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, tumandagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi, Qumqishloq mahallasida yashagan .

2) K.B. 1998 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, Jarqo‘rg‘on tumani, Qumqishloq mahallasida yashagan.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, yoshlar qizning oilasi ularning turmush qurishiga qarshi bo‘lgani sababli o‘z joniga qasd qilishga qaror qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.